Psixolog faoliyati

10/09/2026

🔹 Joriy yilning 10-sentabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti psixologi institut ma’muriyati hamkorligida Aniq va tabiiy fanlar fakultetining 1-kurs talabalari bilan “Birinchi kurs maktabi” loyihasi doirasida guruhlar kesimida uchrashuvlar o‘tkazdi.

🔸 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning oliy ta’lim muhitiga tez va samarali moslashuvini ta’minlash, ularda o‘ziga ishonch, jamoada muloqot qilish va mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.



🔹 Tadbir davomida talabalarga OTM psixologining faoliyati, psixologik xizmat turlari, murojaat qilish tartibi hamda maxfiylik tamoyillari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, psixologik xizmatlardan foydalanish tartibi va murojaat manzili ko‘rsatilgan tarqatma materiallar taqdim etildi.