“El-yurt umidi” jamg’armasi stipendianti Sabina Tohirova bilan uchrashuv
10/09/2026
⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 1-bosqich talabalarining “Tanishtiruv haftaligi” doirasida qiziqarli va mazmunli uchrashuvlar uyushtirilmoqda. Jumladan, bugun “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Lester universiteti talabasi Sabina Ulug’bek qizi Tohirova bilan uchrashuv va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🗣 Uchrashuv davomida talabalarga xorijda ta’lim olish imkoniyatlari, “El-yurt umidi” jamg’armasi grantlarini qo’lga kiritish sirlari, ingliz tilini o’rganish va xalqaro ilmiy tadqiqotlarda qatnashish bo’yicha zarur tavsiyalar berildi. Yoshlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga amaliy misollar orqali javob oldilar.
📌Bu kabi uchrashuvlar birinchi kurs talabalarining oliy ta’lim maskaniga moslashishi, ularda ilm-fanga bo’lgan ishtiyoqni oshirish va kelajakdagi maqsadlarni aniq belgilab olishda muhim qadam bo’lib xizmat qilmoqda.