⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida institut rektori O.Ruziyev hamda talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv tashkil etildi.
📌 Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning ta’lim olishi, ilmiy salohiyatini oshirishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🗣 Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan fikrlar tinglanib, ularni amaliy jihatdan hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
🏠 Shuningdek, fakultetda ta’lim sifatini yanada oshirish, fan va innovatsion loyihalarga yoshlarni keng jalb etish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
✅Uchrashuv yakunida talaba-yoshlarni bilim olishga, izlanishga, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallashga va institut hayotida faol ishtirok etishga da’vat etildi.
📌 Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini bevosita eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muhitini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.