🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yangi o‘quv yilining ilk kunlaridanoq talabalarning moslashuvi va faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan institutga yangi qabul qilingan 1-kurs talaba-qizlari uchun Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi N.Xasanova hamda dekan maslahatchisi X.Qo‘lbosheva ishtirokida erkin muloqot tashkil etildi.
📌 Qizg‘in ruhda o‘tgan muloqot davomida talaba-qizlarning zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatida o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatlari, shuningdek, ularning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv mobaynida masʼullar tomonidan talabalik davrini mazmunli o‘tkazish hamda kundalik hayotda va ta’lim jarayonida amal qilinishi zarur bo‘lgan muhim ko‘rsatma va foydali tavsiyalar berildi.
✅ Jonli va interaktiv tarzda kechgan uchrashuvda talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb savollarga batafsil javob oldilar hamda kelgusi rejalari, taklif va tashabbuslarini erkin bayon etdilar.