1-kurs talabalari bilan uchrashuv va tanishtiruv!

07/09/2026

Tadbirkorlik va boshqaruv  fakulteti talaba-yoshlari uchun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘lim boshlig‘i I.Sattorov tomonidan “Iqtidorli talabalar qanday bo‘lishi kerak?” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga bo‘lim faoliyati, ilmiy izlanishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, bo‘limning vazifalari, imkoniyatlari va ilmiy yo‘nalishlari, ilmiy loyihalarda qatnashish tartibi va mentorlar bilan ishlash, nomli davlat stipendiyalariga ariza topshirish shartlari (hujjatlar, baholash mezonlari), grant va ilmiy loyiha yozish bo‘yicha amaliy yordam va treninglar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.



Ilm-fan va yuksalish sari ilk qadamingizni biz bilan boshlang!