📚 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida 1-bosqichga talabalikka qabul qilingan yoshlarni kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbirda institut rektori O.A.Ruziyev, Denov tumani hokimi A.Normamatov, O‘zbekiston xalq baxshisi H. Xolboyev, shoir Mengnor Ollamurod, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, talabalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🎙 Tadbirni Denov tumani hokimi Anvar Normamatov, institut rektori O.A.Ruziyevlar so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilini boshlayotgan talabalarni samimiy tabriklashdi.
🏆 Tadbir davomida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan bir guruh yoshlar alohida e’tirof etilib, ularga “Tashakkurnoma”lar tantanali ravishda topshirildi.