DTPIda 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari uchun institut bo‘ylab tanishuv sayohati tashkil etildi.
07/09/2026
Unda ota-onalar oliygohda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
⭐️Dastlab, Karyera markazida ota-onalarga talabalarning kelgusida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot o‘tashi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda munosib ish o‘rinlariga joylashishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅ Shundan so‘ng mehmonlar Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdilar. Ularga kutubxonaning boy kitob fondi, elektron ta’lim resurslari, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda o‘quv zallarida yaratilgan qulay shart-sharoitlar namoyish etildi.
📌 Bunday ochiq muloqot va tanishuv tadbirlari institut va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar ta’lim-tarbiyasida o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash hamda ota-onalarning oliygoh hayoti bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi.