Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etishdi
02/09/2026
Tadbirlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani R.Salomova, Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari H.Allayeva va D.Meliyeva maktablarda tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etib, o‘quvchilar va ustozlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda “Bilimlar kuni” bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbirlar davomida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabida H.Allayeva tomonidan birinchi sinf o‘quvchilari uchun Mustaqillik darsi tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilarga Vatan, mustaqillik, milliy qadriyatlar va yurtimizning bugungi taraqqiyoti haqida tushunchalar berildi.