O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026 yil 24 fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy salohiyatini yuksaltirish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda yoshlar birligini mustahkamlash masalalari ijrosini ta’minlash maqsadida rektor huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimining 2026 yil 26 martdagi 05-01/152-sonli topshirig‘ida belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, mas’ullarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish hamda ijro intizomini qat’iy nazorat qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.