Stipendiya tanlovining saralaş bosqiçi ōtkazilmoqda

28/07/2026

 

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2026/2027-ōquv yili uçun Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining institut saralaş bosqiçi bōlib ōtmoqda.



Professor-ōqituvçilardan iborat işçi guruh tomonidan talabgor talabalarning Xorijiy tillari darajasi baholanmoqda.

Şuningdek, Iqtidorli talabalarning faoliyatini taşkil etiş bōlimi tomonidan Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida iştirok etuvçi talabalar uçun seminar taşkil etildi.

Seminar davomida stipendiya tanlovlarining tartibi, iştirok etiş şartlari hamda ḡoliblar uçun belgilangan raḡbatlantiruvçi imtiyozlar haqida batafsil maʼlumot berildi.