Stipendiya tanlovining saralash bosqichi o’tkazilmoqda

29/07/2026
🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining institut saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.


📌 Professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh tomonidan talabgor talabalarning O’zbekiston tarixi fanidan bilimlari baholanmoqda.

✅ Shuningdek, Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun seminar tashkil etildi.

💬 Seminar davomida stipendiya tanlovlarining tartibi, ishtirok etish shartlari hamda g‘oliblar uchun belgilangan rag‘batlantiruvchi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.