Sizlar institutimizning eng katta boyligi, faxri va kelajagisiz. Ilm olishga bo‘lgan intilishingiz, zamonaviy kasblarni puxta egallashga bo‘lgan ishtiyoqingiz, innovatsion g‘oyalaringiz, ilmiy izlanishlaringiz hamda ijtimoiy hayotdagi faolligingiz bizni cheksiz quvontiradi.
Bugungi globallashuv davrida yuksak bilim, mustahkam ma’naviyat, tanqidiy fikrlash, zamonaviy texnologiyalarni egallash va xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish har bir yosh uchun muhim vazifadir. Ishonchim komilki, sizlar ana shunday zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan, xalqimiz ishonchini oqlaydigan barkamol mutaxassislar bo‘lib yetishasiz.
Biz, institut jamoasi, sizlarning har bir tashabbusingizni qo‘llab-quvvatlashga, sifatli ta’lim olishingiz, ilmiy salohiyatingizni ro‘yobga chiqarishingiz hamda iqtidoringizni namoyon etishingiz uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga doimo intilamiz. Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun faxr va g‘urur manbaidir.
✨ Aziz yoshlar!
Hech qachon ulkan maqsadlar qo‘yishdan cho‘chimang. Bilim olishdan, izlanishdan va o‘zingiz ustingizda ishlashdan aslo to‘xtamang. Vatanga sadoqat, halollik, mehnatsevarlik va yuksak ma’naviyat sizlarni doimo ulug‘ marralar sari yetaklasin.
🎊 Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz kuch-g‘ayrat, ilmiy va ijodiy muvaffaqiyatlar hamda ezgu orzu-intilishlaringizning ro‘yobini tilayman.
🇺🇿 Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin! 💙 Hurmat bilan,
O. A. Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori