Ta’limning kredit-modul tizimida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakli va magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi, fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan 1-2-3-4-bosqich (2025-2026 o‘quv yili bitiruvchilaridan tashqari) talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Nizom”, institut “Akademik qoidalari”ning 9-bob, 80-81-82-bandlariga asosan semestr natijalari bo‘yicha akademik qarzdorliklarini yozgi ta’til mobaynida o‘z hisobidan qayta o‘qib, o‘zlashtirishlari uchun ruxsat berilmoqda. Qayta o‘qish uchun kontrakt.edu.uz billing tizimi orqali ariza berish va tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni (to‘lov haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilish muddati ham) amalga oshirish muddati – 2026-yil 11-iyul sanasiga qadar etib belgilandi. Yozgi qayta o‘qish 2026-yil 13-iyuldan 2026-yil 15-avgustgacha tashkil etiladi. Eslatma: To‘lov ma’lumotnomasi taqdim etilgandan so‘ng HEMIS axborot tizimi orqali qayta o‘qish uchun yozma ariza berish registrator ofisi menejerlari yordamida amalga oshiriladi. Qayta o‘qish shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov pulini to‘liq miqdorda va belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabalarning arizasiga rad javobi beriladi. Manzil: Registrator ofisi (asosiy), Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi,360-uy, 2-qavat, 210-xona, tel.: +998 90 071 96 96 Registrator ofisi (tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti), Denov tumani, Bog‘ko‘chasi, 112-uy, 1-qavat, 102-xona, tel.: +998 97 697 00 33 Registrator ofisi (pedagogika fakulteti), Sariosiyo tumani, Istiqlol ko‘chasi, 49-uy, 1-qavat, 109-xona, tel.: +998 90 645 69 33