Bitiruv malakaviy işlari himoyasi ōtkazildi

15/06/2026

🏢 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi tomonidan bitiruvçi kurs talabalarining bitiruv malakaviy işlari himoyasi belgilangan tartibda taşkil etildi.

♻️ Himoya jarayonida talabalar ōz tadqiqot mavzulari bōyiça ilmiy izlanişlari, tahliliy xulosalari hamda amaliy takliflarini taqdim etdilar. Komissiya aʼzolari tomonidan işlarning dolzarbligi, ilmiy asoslanganligi, amaliy ahamiyati va talabalarning mavzu yuzasidan mustaqil fikr bildira oliş kōnikmalari baholandi.

🔥 Mazkur jarayon bitiruvçilarning oliy taʼlim davomida egallagan bilim va kasbiy kompetensiyalarini namoyon etiş bilan birga, institutda ilmiy-amaliy tayyorgarlikka alohida eʼtibor qaratilayotganini kōrsatdi.

🌟 Bitiruvçilarga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz.