TIIF—2026: Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi bilan dual taʼlim va xalqaro kadrlar tayyorlaş masalalari muhokama qilindi

18/06/2026

Toşkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF) doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri ōrinbosari Ōktam Salomov hamda Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi direktori Ingo Jung ōrtasida rasmiy uçraşuv bōlib ōtdi.

Muzokaralar davomida Ōzbekistonda oliy va kasbiy taʼlim tizimini Germaniya tajribasi asosida rivojlantiriş hamda mehnat bozori uçun raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşning istiqbolli yōnalişlari muhokama qilindi.