Oilaviy-maişiy zōravonlikka qarşi kuraşiş

08/06/2026

Oila jamiyatning asosiy bōḡini hisoblanadi. Oiladagi soḡlom muhit jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bōlsa, oilaviy-maişiy zōravonlik inson huquqlari va erkinliklarining buzilişiga olib keladigan jiddiy muammodir. Bugungi kunda dunyoning kōplab davlatlari qatorida Ōzbekistonda ham oilaviy zōravonlikka qarşi kuraşiş davlat siyosatining muhim yōnalişlaridan biriga aylangan.

Oilaviy-maişiy zōravonlik deganda oila aʼzosi yoki birga yaşovçi şaxs tomonidan boşqa şaxsga nisbatan jismoniy, ruhiy, iqtisodiy yoki jinsiy tazyiq ōtkaziş tuşuniladi. Bunday harakatlar jabrlanuvçining huquq va erkinliklarini çeklaydi, uning soḡliḡiga va ruhiy holatiga zarar yetkazadi.

Oilaviy zōravonlikning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

  1. Oiladagi nizolar va kelişmovçiliklar;
  2. Huquqiy madaniyatning pastligi;
  3. Spirtli içimliklar va boşqa zararli odatlar;
  4. Iqtisodiy muammolar;
  5. Notōḡri tarbiya va salbiy ijtimoiy muhit;
  6. Gender tengligi tamoyillarini yetarli darajada anglamaslik.

Ōzbekiston Respublikasida oilaviy-maişiy zōravonlikka qarşi kuraşiş quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanadi:

  1. Ōzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi;
  2. Xotin-qizlarni tazyiq va zōravonlikdan himoya qiliş tōḡrisidagi qonun;
  3. Huquqbuzarliklar profilaktikasi tōḡrisidagi Qonun;
  4. Ōzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi;
  5. Ōzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik tōḡrisidagi kodeksi.

Sōnggi yillarda qonunçilikka kiritilgan ōzgartişlar bilan oilaviy zōravonlik uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik çoralari kuçaytirildi. 

Oilaviy-maişiy zōravonlikning oldini oliş çoralari:

Huquqiy tarḡibot işlarini kuçaytiriş, aholi ōrtasida oilaviy munosabatlar madaniyati va inson huquqlari bōyiça tuşuntiriş işlarini muntazam olib boriş zarur.

Himoya orderidan samarali foydalaniş, zōravonlikdan jabrlangan şaxslarni tezkor himoya qiliş maqsadida himoya orderini qōllaş muhim ahamiyatga ega.

Oila institutini mustahkamlaş, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, nikoh va oila qadriyatlarini tarḡib qiliş nizolarning oldini olişga xizmat qiladi.

 Psixologik va ijtimoiy yordam kōrsatiş, jabrlangan şaxslarga psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam kōrsatiş tizimini rivojlantiriş zarur.

Oilaviy-maişiy zōravonlik inson huquqlariga qarşi qaratilgan jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi. Uni bartaraf etiş uçun huquqiy mexanizmlarni takomillaştiriş, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, profilaktika çoralarini kuçaytiriş va jabrlanuvçilarni har tomonlama qōllab-quvvatlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat davlat organlari va jamiyatning birgalikdagi saʼy-harakatlari orqali oilada soḡlom muhit va xavfsiz hayotni taʼminlaş mumkin.

 

Jinoyat işlari bōyiça

Denov tuman sudining raisi:                                                S.Bōtayev