Giyoxvandlikka qarshi jinoyatlar

06/06/2026

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi dunyo miqyosidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu turdagi jinoyatlar aholi salomatligiga, jamoat xavfsizligiga hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy tahdid soladi. Shu sababli giyohvandlikka qarshi kurashish davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi uchun qat’iy javobgarlik belgilangan.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasida taqiqlangan ekinlarni yetishtirish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

271-modda — giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash

273-modda — giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o’tkazish.

274-modda — giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni targ’ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni iste’mol qilishga jalb etish.

275-modda —giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish.

276-modda —giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar.

Mazkur normalar giyohvandlik bilan bog’liq jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi samarali kurashishga xizmat qiladi.

Giyohvandlik jinoyatlarining ijtimoiy xavfliligi, giyohvandlik bilan bog’liq jinoyatlar quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, fuqarolarning sog’lig’iga zarar yetkazadi, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar ko’payishiga sabab bo’ladi, tashkillashgan jinoyatchilikning rivojlanishiga sharoit yaratadi, oilaviy va ijtimoiy munosabatlarni izdan chiqaradi,

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining sohaga oid qarorlari;

  1. Giyohvandlik vositalari bo’yicha xalqaro konvensiyalar;
  2. Profilaktika chora-tadbirlari;
  3. Giyohvandlik bilan bog’liq jinoyatlarning oldini olishda;
  4. Yoshlar o’rtasida huquqiy targ’ibotni kuchaytirish;
  5. Ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlarni muntazam o’tkazish;
  6. Ommaviy axborot vositalari orqali sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish;
  7. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirish;
  8. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa o’rnida shuni bilish kerakki giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog’liq jinoyatlar jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladigan qilmishlar qatoriga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida mazkur jinoyatlar uchun qat’iy javobgarlik belgilangan bo’lib, bu aholi salomatligi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilishga xizmat qiladi. Giyohvandlikka qarshi kurashishda huquqiy choralar bilan bir qatorda profilaktika va aholining huquqiy ongini yuksaltirish ham muhim ahamiyatga ega.

 

Jinoyat ishlari bo’yicha

Denov tuman sudining raisi:                                                S.Bo’tayev