Yer çastkalarining noqonuniy egallanişi bilan boḡliq muammolar, ularning kelib çiqiş sabablari hamda uşbu huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan huquqiy va taşkiliy çora-tadbirlar tahlil qilinadi. Şuningdek, yer munosabatlarini tartibga solişda davlat organlarining ōrni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniş va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oşiriş masalalari yoritildi.
Yer davlatning eng muhim tabiiy boyliklaridan biri hisoblanadi. Undan oqilona foydalaniş va uni muhofaza qiliş davlat siyosatining ustuvor yōnalişlaridan sanaladi. Yer uçastkalarining noqonuniy egallanişi yer resurslaridan foydalaniş samaradorligiga salbiy taʼsir kōrsatib, fuqarolar va yuridik şaxslarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadi. Şu sababli bunday holatlarning oldini oliş va ularga qarşi samarali kuraşiş dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, va Ōzbekiston Respublikasi qonunçiligi bōyiça noqonuniy yer uçastkalarini yegallab oliş MJtK hamda JKning tegişli moddalari bilan javobgarlikka tortilişiga sabab bōladi.
Yer uçastkasini noqonuniy egallaş deganda, vakolatli davlat organlarining tegişli qarorisiz yoki qonunçilikda belgilangan tartiblarni buzgan holda yerdan foydalaniş, quriliş olib boriş yoki yer maydonini ōzboşimçalik bilan egallab oliş tuşuniladi, yer qonunçiligi talablarining yetarli darajada bilinmasligi, yer hisobini yuritiş va nazorat qiliş tizimidagi kamçiliklar, kadastr maʼlumotlarining eskirişi yoki tōliq şakllantirilmaganligi, aholi sonining ortişi va yerga bōlgan ehtiyojning kuçayişi.
Yer uçastkalarining noqonuniy egallanişi quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib çiqaradi, yer resurslaridan oqilona foydalaniş tamoyilining buzilişi, qişloq xōjaligi yerlarining qisqarişi, şaharsozlik va hududlarni rivojlantiriş rejalarining izdan çiqişi, ekologik muvozanatning buzilişi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulkiy huquqlari çeklanişiga olib keladi.
Yer uçastkalarini noqonuniy yegallanişini oldini oliş uçun profilaktik nazoratini kuçaytirilişi, davlat organlari tomonidan yerlardan foydalaniş ustidan muntazam monitoring olib borilişi, qonunbuzarlik holatlari aniqlanganda tezkor çoralar kōrilişi zarur. Kadastr tizimini takomillaştiriş, raqamli kadastr maʼlumotlar bazasini şakllantiriş va muntazam yangilab boriş yer uçastkalarining noqonuniy egallanişini aniqlaş hamda oldini oliş imkonini beradi.
Javobgarlik çoralarini samarali qōllaş, yer qonunçiligini buzgan şaxslarga nisbatan maʼmuriy, fuqaroviy-huquqiy va jinoiy javobgarlik çoralarining muqarrarligi taʼminlanişi lozim. Zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, sunʼiy yōldoş tasvirlari, geoinformasion tizimlar (GIS), dronlar va elektron monitoring tizimlari orqali yer fondi holatini doimiy kuzatib boriş mumkin.
Huquqiy tarḡibotni kuçaytiriş, fuqarolar ōrtasida yer qonunçiligi bōyiça tuşuntiriş işlarini olib boriş, ularning huquqiy ong va madaniyatini oşiriş noqonuniy egallaş holatlarining kamayişiga xizmat qiladi.
Taklif va tavsiyalar, yer uçastkalarining noqonuniy egallanişining oldini oliş maqsadida, yer monitoringining yagona elektron platformasini rivojlantiriş, davlat organlari ōrtasida maʼlumot almaşiş tizimini takomillaştiriş, yer qonunçiligini buzganlik uçun javobgarlik mexanizmlarini yanada kuçaytiriş, kadastr maʼlumotlarining oçiqligi va şaffofligini taʼminlaş, aholi va tadbirkorlar uçun yer huquqi bōyiça muntazam ōquv va tarḡibot tadbirlarini taşkil etiş maqsadga muvofiqdir.
Xulosa ōrnida yer uçastkalarining noqonuniy egallanişi yer munosabatlari sohasidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Uşbu huquqbuzarliklarning oldini oliş samarali huquqiy tartibga soliş, zamonaviy nazorat mexanizmlarini joriy etiş va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş bilan çambarças boḡliq. Mazkur yōnalişdagi çora-tadbirlarning izçil amalga oşirilişi yer resurslaridan oqilona foydalaniş hamda qonun ustuvorligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Jinoyat işlari bōyiça
Denov tuman sudining raisi: S.Bōtayev