PhD MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

08/06/2026

Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Tarix va falsafa” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Xo‘jamurodov Nodirbek Sultonmurodovich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Afg‘onistonlik o‘zbek va tojiklar etnomadaniy hayotidagi o‘zgarishlarning etnolokal xususiyatlari” mavzusidagi Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Mazkur yuksak ilmiy natija nafaqat izlanuvchining ko‘p yillik izlanishlari samarasi, balki institut ilmiy salohiyatining ham yorqin ifodasidir.

Institut jamoasi nomidan Xo‘jamurodov Nodirbek Sultonmurodovichni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ilmiy faoliyatida izchil muvaffaqiyatlar tilaymiz!