Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Umumiy fizika va quriliş muhandisligi” kafedrasi 4-kurs “Quriliş muhandisligi” taʼlim yōnalişi talabalari uçun diplom loyihalari himoyasi bōyiça Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) ōz işini boşladi.
Himoya jarayonida bitiruvçilar quriliş sohasi rivojiga xizmat qiluvçi dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bōlgan diplom loyihalarini taqdim etib, loyiha yeçimlarining texnik-iqtisodiy samaradorligi hamda amaliyotga joriy etiş imkoniyatlarini asoslab berişdi.
Komissiya aʼzolari tomonidan taqdim etilgan loyihalar:
📐 Ilmiy-nazariy asoslanganligi, 🏗 Zamonaviy quriliş texnologiyalariga mosligi, 🎓 Kasbiy kompetensiyalarni namoyon etiş darajasi bōyiça baholanmoqda.
Institut rektori O.A.Ruziyev tadbirda iştirok etib, bitiruvçilarni munosib tayyorgarlik bilan himoyaga kirişganliklari uçun tabrikladi va ularga keyingi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, quriliş sohasining kelajagi siz — yoş muhandislarga boḡliq, deb taʼkidladi.