⚡️ Raqamli Iqtisodiyot kafedrasi Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 1I-2022 guruh talabalarining bitiruv malakaviy ishlari (BMI) bo‘yicha himoya jarayonlari o’tkazildi. Bitiruv malakaviy ishiga Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti Jo‘raev Baxtiyor Ergashevich rahbarlik qildi.
📌 Mazkur jarayon kafedra tomonidan tuzilgan komissiya hamda ilmiy rahbarlar ishtirokida o‘tkazilib, talabalar o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan taqdimotlar qildilar. Himoya davomida har bir talaba ishining amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
✅ Talabalar o‘z BMI bo‘yicha erishilgan natijalari hamda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarini asoslab berib, komissiya a’zolarining savollariga batafsil javob berdilar.
✨Bitiruv malakaviy ishida DTPI rektori O.A.Ruziyev ham ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.