Yōl transporti xodisalarini oldini oliş çoralar

09/06/2026

Yōl-transport hodisalari butun dunyoda insonlar hayoti va soḡliḡiga jiddiy xavf tuḡdiradigan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Yōl harakati iştirokçilarining qoidalarga rioya qilmasligi, texnik nosoz transport vositalaridan foydalaniş va yōl infratuzilmasidagi kamçiliklar turli fojiali oqibatlarga olib kelişi mumkin. Şu bois yōl-transport hodisalarining oldini oliş davlat siyosatining muhim yōnalişlaridan biri hisoblanadi.

Yōl-transport hodisalariga sabab bōluvçi omillar quyidagilardan iborat:

  1. Haydovçilar tomonidan yōl harakati qoidalarining buzilişi;
  2. Tezlik meʼyorlariga rioya etmaslik;
  3. Mast holda transport vositasini boşqariş;
  4. Telefondan foydalanib haydaş kabi diqqatni çalḡituvçi harakatlar;
  5. Transport vositalarining texnik nosozligi;
  6. Piyodalar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilmaslik;
  7. Yōl infratuzilmasidagi kamçiliklar.

Yōl transport hodisasini sodir yetganlik uçun MJtK hamda JKning tegişli moddalari bilan javobgarlikka sabab bōladi.

            Yōl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qiliş, xaydovçilar va piyodalar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilinişi yōl-transport hodisalarining oldini olişning asosiy omili hisoblanadi, haydovçilarning huquqiy va amaliy bilimlarini oşiriş, haydovçilarni muntazam ravişda qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş ularning masʼuliyatini kuçaytiradi, transport vositalarining texnik holatini nazorat qiliş, texnik kōriklarni ōz vaqtida ōtkaziş va nosoz transport vositalarining harakatlanişiga yōl qōymaslik muhim ahamiyatga ega, xamda yōl infratuzilmasini takomillaştiriş, zamonaviy svetoforlar, yōl belgilari, piyodalar ōtiş joylari va videokuzatuv tizimlarini keng joriy etiş xavfsizlikni taʼminlaşga xizmat qiladi, profilaktik tarḡibot işlarini kuçaytiriş

Yōl-transport hodisalarining oldini oliş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi bōlib qolmasdan, har bir haydovçi va piyodaning masʼuliyatini ham talab qiladi. Qonun talablariga rioya qiliş, transport vositalarining texnik sozligini taʼminlaş, yōl infratuzilmasini takomillaştiriş va profilaktika işlarini kuçaytiriş orqali yōl harakati xavfsizligini taʼminlaş mumkin.

 

Jinoyat işlari bōyiça

Denov tuman sudining raisi:                                                S.Bōtayev