HISOBOT KONSERTI MUVAFFAQIYATLI ŌTKAZILDI

04/06/2026

🎓 Pedagogika fakultetining “Yoşlar markazi”da 5MUS-2023 guruhi bitiruvçi kurs talabalari tomonidan hisobot konserti yuqori saviyada taşkil etildi. Tadbir davomida talabalar taʼlim jarayonida egallagan nazariy bilimlari hamda amaliy kōnikmalarini namoyon etib, ōzlarining musiqiy ijrolari orqali tomoşabinlarga unutilmas taassurot ulaşdilar. Konsert dasturi bitiruvçi yoşlarning kasbiy mahorati, ijodiy salohiyati va sanʼatga bōlgan yuksak mehrini aks ettiruvçi mazmunli çiqişlardan iborat bōldi.
🎶 Hisobot konserti talabalarning ōquv yillari davomida erişgan yutuqlari va ijodiy izlanişlari natijasini namoyiş etuvçi muhim madaniy-maʼrifiy tadbir sifatida eʼtirof etildi. Mazkur tadbirning yuqori saviyada taşkil etilişiga munosib hissa qōşgan professor-ōqituvçilar, talabalar hamda taşrif buyurgan mehmonlarga samimiy minnatdorçilik bildiramiz.