Qabul boşlandi

05/06/2026

Bugundan boşlab abituriyentlar my.uzbmb.uz hamda my.gov.uz saytlari orqali onlayn rōyxatdan ōtişlari mumkin.

Muhim joylari:

➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topşiriş uçun rōyxatdan ōtadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topşiriş hududini tanlaydi xolos;

➖ fanlar majmuasini tanlaganda qaysi yōnalişlarga mos kelişi haqida maʼlumot çiqadigan bōlibdi, bu ança qulay;

➖ agar kiriş imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bōlsa, uşbu imtihonni topşiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan ōzi kirmoqçi bōlgan OTMda ijodiy imtihon topşiriş şart emas. Masalan, kimdir Ōzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqçi bōlsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topşirsa ham bōladi;

➖ Test topşiriş hududi qismida Sōx va Denov tumani ham bor. Yaʼni Sōx tumanidagilar Farḡona şahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz şahriga kelişi şart emas;

➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kiriş uçun 206 ming sōm miqdorida to’lov qilishi kerak bo’ladi. To’lovni 25-iyungaça bōlib tōlaş ham mumkin, undan keçiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri ōzgarib qolgan abituriyent 25-iyungaça qayta ariza topşirsa (arizani tahrirlasa) bōladi. 25-iyundan keyin arizani ōzgartirişga ruxsat berilmaydi;

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida ōtkaziladi.