Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlandi

25/05/2026

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 5-maydagi 182-sonli buyrug‘iga asosan Prezident va nomdor davlat stipendiyalari tanlovi yo‘nalishlari tasdiqlandi.

Nomdor davlat stipendiyalari institutning bakalavriat bosqichi oxirgi 2-bosqichida tahsil olayotgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar uchun ajratiladi.

✅Talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi asosan “a’lo” bo‘lishi,“yaxshi” baholari esa umumiy fanlarning 25 foizidan oshmasligi lozim.

Stipendiyalar uchun hujjatlar qabul qilinadi:

Hujjatlar 2026-yilning 20-iyun sanasigacha Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish  bo’limida qabul qilinadi.