🏆 DTPI futzalçilari Respublika final bosqiçida yuksak natijani qayd etdi

25/05/2026

🔰 Farḡona davlat universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining futzal sport turi bōyiça Respublika final bosqiçi yuqori saviyada, murosasiz va qizḡin bahslarga boy tarzda yakunlandi.

⚡️Nufuzli musobaqada Surxondaryo вилояти şarafini munosib himoya qilgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti futzal jamoasi yana bir bor ōzining mahorati, jamoaviy hamjihatligi hamda ḡalabaga bōlgan kuçli intilişini namoyon etdi.



🖇 Musobaqa yakunlariga kōra: 🥈 DTPI jamoasi faxrli ikkinçi ōrinni egallab, Respublika kumuş medali sovrindoriga aylandi. Şuningdek, final bosqiçida mamlakatimizning turli hududlaridan taşrif buyurgan kuçli jamoalar ōzaro munosib bahs olib bordilar. Musobaqa davomida sportçi-talabalarning professional tayyorgarligi, matonati va sportga bōlgan yuksak qiziqişi alohida eʼtirof etildi.

🏆 Yakuniy natijalar: 🥇 FarDU (Farḡona) 🥈 DTPI (Surxondaryo) 🥉 NamDU (Namangan)

🎖 Ḡolib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovḡalari bilan tantanali ravişda taqdirlandilar.



👏
“Talabalar ligasi” — yoşlar sporti, dōstlik va ḡalabalar maydoni!