🏆 DTPI futzalchilari Respublika final bosqichida yuksak natijani qayd etdi

25/05/2026

🔰 Farg‘ona davlat universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining futzal sport turi bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviyada, murosasiz va qizg‘in bahslarga boy tarzda yakunlandi.

⚡️Nufuzli musobaqada Surxondaryo вилояти sharafini munosib himoya qilgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti futzal jamoasi yana bir bor o‘zining mahorati, jamoaviy hamjihatligi hamda g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishini namoyon etdi.



🖇 Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥈 DTPI jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, Respublika kumush medali sovrindoriga aylandi. Shuningdek, final bosqichida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan kuchli jamoalar o‘zaro munosib bahs olib bordilar. Musobaqa davomida sportchi-talabalarning professional tayyorgarligi, matonati va sportga bo‘lgan yuksak qiziqishi alohida e’tirof etildi.

🏆 Yakuniy natijalar: 🥇 FarDU (Farg‘ona) 🥈 DTPI (Surxondaryo) 🥉 NamDU (Namangan)

🎖 G‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.



👏
“Talabalar ligasi” — yoshlar sporti, do‘stlik va g‘alabalar maydoni!