Sōnggi qōnḡiroq

25/05/2026
Bugun mamlakatimiz bōylab “Yuksak maʼrifatli avlod — Uçinçi Renessans poydevori!” şiori ostida anʼanaviy “Sōnggi qōnḡiroq” tadbirlari bōlib ōtdi.


Şu munosabat bilan Oltinsoy tumanidagi mavjud 71 ta umumtaʼlim maktabida ōquv yilining yakuniga baḡişlangan tantanali tadbirlar taşkil etildi.

Joriy ōquv yilida tumandagi maktablarni 2879 nafar 9-sinf hamda 2618 nafar 11-sinf bitiruvçilari tamomlamoqda. 47 nafar 11-sinf bitiruvçilari muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalariga kiriş imkoniyatini qōlga kiritdi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori ham tumandagi 27-umumtaʼlim maktabida sōnggi qōnḡiroq tadbirida iştirok etdi hamda yoşlarni qutlab, ularga kelajak hayotlarida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.

Şuningdek, taʼlimning inson hayotidagi ahamiyati, yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tōxtalib ōtdi.