Joriy yilning 21-22 may kublari Buxoro davlat texnika universitetida “Global raqobatbardoshlik uchun O‘zbekiston – Turkiya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish” mavzusidagi” to‘rtinchi O‘zbekiston – Turkiya rektorlar forumi bo’lib o’tdi.
Ushbu forumda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor, ilmiy bo’lim boshlig’i, O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri va magistranti ishtirok etdi.
Forumning ikkinchi kunida institut rektori O.Ro’ziyev konferensiyaning 3-seksiyasida so’zga chiqib, institutning xalqaro miqiyosdagi o’rni hamda institutda yaratilgan imkoniyatlar haqida ishtirokchilarga ma’ruza qildi.