Jarayon

18/05/2026

⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Biologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyalari kafedrasining 60510100 — Biologiya ta’lim yo‘nalishi 1–2-bosqich talabalari 2 haftalik malakaviy amaliyotni o‘tash maqsadida Oltinsoy tumanida joylashgan “Mirob” bolalar oromgohiga jo‘nab ketishdi.

🔹Mazkur amaliyot jarayoniga professor-o‘qituvchilar R. Nurmatov, S. Toshmirov, A. Mammadiyev hamda O. Qurbonovlar amaliyot rahbari sifatida biriktirilgan bo‘lib, talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda biologiya yo‘nalishidagi tajribalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.



📌 Amaliyot davomida talabalarning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni sohaga oid amaliy jarayonlarga yaqindan jalb etish ko‘zda tutilgan.