Joriy yilning 11–16-may kunlari Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Eko Avlod 4” volontyorlar o‘quv oromgohida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi O‘rolova Mavluda Alisher qizi ham munosib ishtirok etdi.
Oromgoh davomida ekologiya, volontyorlik, liderlik va jamoaviy ishlash yo‘nalishlarida tashkil etilgan seminar hamda treninglarda faol qatnashib, dastur yakunida sertifikat bilan taqdirlandi. ♻️✨