DTPI Hind markazida ITEC dasturi bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi

12/05/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “India Study Room” — Hind o‘quv markazida Hindistonning ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Hindiston elchixonasining иkkinchi kotibi (ITEC) Devender Singh talabalar va professor-o‘qituvchilarga:
🔹 Hindistondagi malaka oshirish kurslari;
🔹 grant dasturlari;
🔹 qisqa muddatli treninglar;
🔹 xalqaro sertifikat dasturlari;
🔹 akademik almashinuv imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda Hindistonda ta’lim va malaka oshirish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.