DTPIda yoga bōyiça amaliy maşḡulot taşkil etildi

12/05/2026

2026-yil 21-iyun kuni nişonlanadigan 12-Xalqaro yoga kuni (International Day of Yoga) munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yoga bōyiça amaliy maşḡulot taşkil etildi.

Maşḡulotni Hindistondan taşrif buyurgan yoga instruktori Şarad Munde olib bordi. Tadbir davomida talabalar yoga maşqlari, nafas oliş texnikalari hamda soḡlom turmuş tarzining ahamiyati haqida amaliy kōnikmalarga ega bōldilar.

Mazkur tadbir talaba-yoşlar ōrtasida soḡlom hayot tarzini tarḡib qiliş, jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlaş hamda xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qildi.