⚡️ Denov tumanida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida “Hokim va askarlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilib, unda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar, yoshlar hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.
📌 Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli vazifa ekani, Vatanga sadoqat va fidoyilik kabi fazilatlarning ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar o‘z xizmat faoliyati, erishayotgan yutuqlari hamda armiyadagi hayot haqida yoshlarga batafsil ma’lumot berdilar.