Ochiq eshiklar kuni

12/05/2026

🏛 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Uzun, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi umumta’lim maktablarining bir guruh o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

📌 DTPI rektori O.A.Ruziyev rahbarligida professor-o‘qituvchilar oliy dargohda talabalarning puxta bilim olib, malakali mutahassis bo‘lishlari uchun yaratilgan sharoitlar, institut hayoti, mavjud yo‘nalishlar hamda yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida ma’lumotlar berishdi.

🌟Tashrif davomida o‘quvchilar institut hayoti bilan tanishdilar.

🎯 Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida katta taassurot qoldirib, ularni bilim olishga, o‘z ustida ishlashga va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishga undagani rost.