DTPI va Politexnikum o‘rtasidagi hamkorlik — real natijalar bilan o‘z isbotini topmoqda.
13/05/2026
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan Denov tuman 2-son politexnikumining o’quvchisi Sattorova Munisa va Denov tuman 4-son politexnikumining o’quvchisi Otamurodov Qilichbek instituti rektori O. A. Ruziyev tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Biologiya” fani kursi dars mashgʻulotlarida faol qatnashib, bugun umumtaʼlim fanlaridan Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida imtiyoz beruvchi “Biologiya fanidan milliy sertifikatlarga” ega bo’lishdi.
📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev tomonidan yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni oliy ta’limga keng jalb etish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining samarali natijasini bermoqda.