DTPIda maktab bitiruvchilari o’rtasida fanlar olimpiadasi bol’lib o’tmoqda!
13/05/2026
Maktab bitiruvchilari o‘rtasida fanlar olimpiadasi 🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida umumta’lim maktablari bitiruvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan olimpiada bo‘lib o‘tmoqda.
📌 Mazkur olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarori, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilib, yoshlarning intellektual salohiyatini aniqlash, iqtidorli bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsad qilingan.
❇️ Olimpiada jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishi uchun maxsus auditoriyalar tayyorlandi. Ishtirokchilarga qulay shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, tajribali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar jalb qilindi.
✨ Mazkur olimpiada yoshlarning bilim va iqtidorini namoyon etish, ularni ilmiy izlanishlarga ruhlantirish hamda kelgusida OTM talabasi bo‘lib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.