Hurmatli yurtdoshlar, aziz ustozlar, qadrli faxriylar va talaba-yoshlar!
🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bu muqaddas sana — Vatan ozodligi va xalqimiz tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, bugungi osoyishta hayotimiz uchun fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga chuqur hurmat bajo keltirish kunidir.
🇺🇿 Bugun mamlakatimizda 1999-yildan buyon Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanib kelinmoqda. Bu sana Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash, ularning jasorati va matonatini yod etish ramzidir.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda front ortida mashaqqatli mehnat qilgan otaxon va onaxonlarimizning sabr-toqati, jasorati va fidoyiligi bugungi yosh avlod uchun buyuk namuna bo‘lib xizmat qiladi.
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi nomidan barcha urush va mehnat faxriylariga chuqur hurmat va ezgu tilaklarimizni bildiramiz.
🕊 Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz tinch va farovon bo‘lsin!
Shuningdek, oilamiz va mamlakatimizning taraqqiyoti uchun munosib xizmat qo‘shib kelayotgan barcha insonlarni qadrlashimiz kerak. Bizning va yaqinlaringizni baxtiga sog‘-omon bo‘lingizlar.
“Ota-onangizni asrang, qarindosh va do‘stlaringizni yo‘qlab turing, bir yaxshi so‘zni ayamang. Chunki hayot o‘tkinchi, vaqt esa qaytmaydi.”
Hurmat bilan, O.A. Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori