🏛 Joriy yilning 8-may kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida institut kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha an’anaviy xotira turniri tashkil etildi.
🖋 Musobaqa do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish ruhida o‘tdi. Turnirda qizg‘in va murosasiz bahslar kuzatildi.
🏆 Turnir yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
👨🦱 Erkaklar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Ma’naviyat bo‘limi jamoasiga, 🥈 2-o‘rin — Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti jamoasiga, 🥉 3-o‘rin — Rektorat jamoasiga,
👩 Ayollar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Ma’naviyat bo‘limi jamoasiga, 🥈 2-o‘rin — Filologiya fakulteti jamoasiga, 🥉 3-o‘rin — Pedagogika fakulteti jamoasiga nasib etdi.
🎉 Musobaqa so‘ngida g‘olib jamoalar institut kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.