“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovining institut bosqichiga arizalar qabuli boshlandi!
08/05/2026
Innovatsion rivojlanish agentligi oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ixtirochilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur tanlovni e’lon qiladi.
🖥Tanlovning asosiy shartlari va talablari: ✅ Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar. ✅ Talabgor aniq bir ixtiroga yoki foydali modelga ega bo‘lishi lozim. Ilgari ushbu tanlovda qatnashgan loyihalar qayta qabul qilinmaydi.
🗓Tanlovning institut saralash bosqichi uchun arizalar 2026-yil 11-mayga qadar (shu kuni ham soat 23-59 gacha) qabul qilinadi. Ma’lumot uchun: +998977550747 @Sattorov_6137