E’LON

28/04/2026

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!
2026-yil 29-aprel kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Indoneziyaning nufuzli Pendidikan universitetidan tashrif buyurayotgan quyidagi professorlar ishtirokida seminar-trening tashkil etiladi:

Prof. Dr.Eng. Asep Bayu Dani Nandiyanto, S.T., M.Eng. (Ta’lim-tarbiya nazariyasi bo’yicha yetakchi olim)
Prof. Dr. Deni Darmawan, S.Pd., M.Si., M.Kom., M.CE. (kimyo texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi olim, H-indeksi bo‘yicha Indoneziyada TOP-3)


📍 Manzil: Bog‘ ko‘chasi, 303-xona (Kengash xona)
🗓 Sana: 29-aprel
Seminar davomida:
– kimyo texnologiyalari sohasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar;
– pedagogika yo‘nalishida innovatsion ta’lim usullari;
– Scopus bazasidagi jurnallarda maqola chop etish tartibi va amaliy tavsiyalar;
– xalqaro ilmiy tajribalar va tadqiqot olib borish metodlari yoritib beriladi.
Mazkur seminar-treningga kimyo texnologiyalari va pedagogika yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar taklif etiladi.
Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!