MAST HOLATDA TRANSPORT VOSITASINI BOŞQARIŞ: HUQUQIY JAVOBGARLIK VA UNING OQIBATLARI
27/04/2026
Mast holatda transport vositasini boşqariş bugungi kunda eng xavfli huquqbuzarliklardan biri hisoblanadi. Uşbu holat nafaqat haydovçining ōz hayoti, balki boşqa fuqarolarning hayoti va soḡliḡi uçun ham jiddiy tahdid tuḡdiradi. Şu sababli, amaldagi qonunçilikda bunday qilmişlar uçun qatʼiy javobgarlik belgilangan. Avvalo, alkogol yoki boşqa mast qiluvçi moddalar taʼsirida transport vositasini boşqariş haydovçining eʼtiborini susaytiradi, reaksiyasini sekinlaştiradi hamda yōl-transport hodisalariga sabab bōliş ehtimolini keskin oşiradi. Statistik maʼlumotlar şuni kōrsatadiki, yōl-transport hodisalarining muayyan qismi aynan mast haydovçilar tomonidan sodir etiladi. Ōzbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq, mast holatda transport vositasini boşqariş maʼmuriy va ayrim hollarda jinoiy javobgarlikka sabab bōladi. Xususan, haydovçi alkogol yoki giyohvandlik vositalari taʼsirida bōlgan holda avtomobil boşqargan taqdirda, unga nisbatan jarima soliş, transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş kabi çoralar qōllaniladi. Agar mast holatda boşqariş oqibatida yōl-transport hodisasi sodir etilib, odamlarning soḡliḡiga zarar yetkazilsa yoki ularning ōlimiga sabab bōlsa, bu holat jinoiy javobgarlikka olib keladi. Bunday vaziyatlarda aybdor şaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi ham tayinlanişi mumkin. Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, mast holatda transport vositasini boşqariş nafaqat qonun buzilişi, balki jamiyatga nisbatan masʼuliyatsizlikdir. Har bir haydovçi yōl harakati xavfsizligini taʼminlaşda şaxsiy javobgarligini his etişi zarur. Xulosa qilib aytganda, mast holatda transport vositasini boşqarişning oldini oliş uçun nafaqat jazolarni kuçaytiriş, balki aholining huquqiy ongini oşiriş, profilaktika tadbirlarini kengaytiriş ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, inson hayoti va soḡliḡi eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Jinoyat işlari bōyiça Denov tuman sudi tergov sudyasi B.G‘.Aliboyev