🏛 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Besh muhim tashabbus” doirasida talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitobxon talaba” tanlovining final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
⚡️ Tanlovning saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar ishtirokchi finalda o‘z bilim va salohiyatlarini ikki shart — tezkor savol-javob hamda badiiy asar sharhi orqali namoyon etdilar.
📖 Ishtirokchilar tanlagan asarlari yuzasidan teran badiiy mushohada yuritib, o‘z fikr va xulosalarini erkin ifoda etdilar.
🏆 Hakamlar hay’ati xulosasiga ko’ra quyidagi talabalar g’olib deb topildi: 🥇-o’rin Mukambar Jo’raqulova, 🥈-o’rin Ziyoda Omonova, 🥉o’rin Iroda Hamroyeva.
🏅 Tadbir yakunida eng faol va bilimdon ishtirokchilar aniqlanib, fakultet dekani M.Toshboboyev tomonidan “Тashakkurnoma” hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha qatnashchilar kitoblar bilan rag‘batlantirildi.