🔵 Bugun Termiz shahrida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” doirasidagi gandbol musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
💬 Musobaqalarda hududdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘zaro bellashib, qiziqarli va murosasiz o‘yinlar namoyish etdilar.
🕙Denov tadbirkorlik va pedagogika Instituti jamoasi ham ushbu musobaqada munosib ishtirok etib, o‘zining sport mahorati va jamoaviy o‘yinini namoyon etdi.
🏆 Mazkur bellashuvlar talabalar o‘rtasida sportni rivojlantirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda jamoalarning tajribasini oshirishga xizmat qiladi.