An’anaviy tarzda bo‘lib o‘tayotgan “Boysun bahori” festivaliga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

20/04/2026

❇️ Ming yillardan buyon mamlakatimizda asrab-avaylab kelinayotgan nodir va noyob boyliklarning “Boysun bahori” ochiq folklor festivalida keng tarannum etilayotganida chuqur ma’no bor. Milliy qadriyat va an’analarimiz sharaflanadigan shodiyona doirasida xalq o‘yinlariga ham keng o‘rin ajratiladi. Festivalda hududlarga xos libos namoish etiladi. Qadimiy kuy-qo‘shiqlar jaranglaydi. Milliy taomlar ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

✨ Bunga hozirdan puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

📌 Ushbu nufuzli tadbirga tayyorgarlik jarayonlarida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari foal ishtirok etmoqda.