Sportchilar kutib olindi

21/04/2026

📅 Denov tadbikorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev rahbarligidagi institutimiz vakillari tomonidan Tailandda bo‘lib o‘tgan Para paurlefting bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqasida faol ishtirok etib, munosib o‘rinlarni egallab qaytgan Denovlik sportchilar kutib olindi.

🌐 Musobaqalarda munosib ishtirok etib, yakunda ayollar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egallagan Moxichehra Fozilova hamda erkaklar o‘rtasida faxrli 3-o‘rinni egallagan Xusniddin Usmonovlar yurtimizda sportchilarga yaratilgan imkoniyatlardan mamnunligini e’tirof etishdi.

💬 Sportchilar o‘z navbatida kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishga va mamlakatimiz bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarishga va’da berishdi.