🏛 Mazkur tadbir joriy yil 7 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida keltirilgan vazifalar hamda yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratildi.
📌 Tadbirda Tailand davlatida bo‘lib o‘tgan Para paurlefting bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqasida Denovlik sportchilar munosib ishtirok etib, yakunda ayollar o‘rtasida faxrli 1-o‘rin egallagan Moxichexra Fozilova hamda erkaklar o‘rtasida faxrli 3-o‘rinni egallagan Xusniddin Usmonovlarni Tuman hokimi muborakbod etib, sovg‘alari bilan taqdirladi.
🌟 Uchrashuv ochiq muloqot ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi hamda sportchilarining erishgan yutuqlari, tayyorgarlik darajalari hamda mavjud muammolari muhokama qilindi.
✨Tuman hokimi sportchilardan tushgan savollarga javob qaytardi.