Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida uch avlod vakillari ishtirokida ilmiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

16/04/2026

Mazkur tadbirda Alfraganus universiteti professori, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi, falsafa fanlari doktori Masharipova Gularam Kamilovna, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutidan falsafa fanlari doktori Xo‘janova Tamara Jo‘rayevna, Imom Termiziy nomidagi Islom instituti rektori Islamov Kamol Tashkulovich hamda Termiz davlat universiteti Falsafa kafedrasi o‘qituvchisi Jo‘rayev Akram Namozovichlar ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Uchrashuv davomida ta’lim-tarbiya, ilm-fan rivoji hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📍 Tadbir yakunida ishtirokchilar Denov tumanida joylashgan Alovuddin Attor ziyoratgohini ziyorat qildilar.