Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti doktoranti, Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi o‘qituvchisi To‘raqulova Oysulton Normurodovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyotga oid terminlarning struktur-semantik xususiyati va tarjima muammolari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
To‘raqulova Oysulton Normurodovnaga kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.