Institut rektori sport faoliyati bilan tanishdi

18/04/2026

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

📌 Tashrif davomida “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, aholi hamda talaba-yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

🔹 Uchrashuv jarayonida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.

♟Shuningdek, rektor talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ular bilan shaxmat o‘ynadi. Ushbu jarayon yoshlarga nafaqat motivatsiya, balki intellektual rivojlanish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.